Shaxsiy investitsiya hisobvarag’i

Shaxsiy investitsiya hisobvarag’i (SHIH) — bu jismoniy shaxslar uchun maxsus brokerlik hisobidir, uning orqali qiymatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy vositalarga investitsiya qilish mumkin. U investitsiyalarni soddalashtirish va yanada samarali qilish imkonini beradi.

Hisob ochish

SHIH orqali nimalar mumkin?

Qimmatli qog‘ozlar

Aksiya va obligatsiyalarni sotib olish va sotish imkoniyati.

Daromadlar

Soliq imtiyozlaridan foydalanish, shuningdek, obligatsiyalardan dividendlar va kuponlar olish imkoniyati.

Investitsiya strategiyalari

Turli moliyaviy vositalar orqali o‘z mablag‘laringizni ko‘paytirish.

SHIH ochish talablari

Jismoniy shaxs bo‘lish

Mamlakat fuqarosi yoki rezidenti bo‘lish shart.

Hujjatlar

Fuqarolik pasporti yoki ID-karta

Soliq to‘lovchi

Soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lish

Shartnomalar

“HBCapital” brokerlik kompaniyasi bilan shartnoma tuzish kerak.


SHIH hisobiga qancha mablag‘ kiritish mumkin?

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, 2025 yilda Shaxsiy investitsiya hisobvarag’i (SHIH) doirasida bir yillik soliq davrida eng kam ish haqi (EKIH)ning 100 barobarigacha mablag‘ kiritishga ruxsat berilgan. Ushbu mablag‘lar investitsiya faoliyatining asosi bo‘lishi va passiv daromadni oshirishga xizmat qilishi mumkin.


SHIH dan chiqish shartlari

SHIHni ixtiyoriy ravishda yopish mumkin. Biroq, muddatidan oldin yopilsa, soliq imtiyozlari bekor qilinishi mumkin. Shuning uchun qaror qabul qilishdan oldin barcha shartlarni diqqat bilan o‘rganing.

SHIHga investitsiya qilishdan oldin

1
Maqsadlarni aniqlash

Investitsiya orqali nimaga erishmoqchi ekanligingizni aniqlang.

2
Xavf darajasi

Qancha xatarga tayyor ekaningizni va moliyaviy holatingizni baholang.

3
Broker tanlash

Ishonchli va qonuniy broker bilan shartnoma tuzing.

Investor kalkulyatori

Ko‘p so‘raladigan savollar

SHIH nima?
arrow

Jismoniy shaxs o‘zining ish haqi mablag‘larini o‘tkazadigan va Investitsiyaviy vositachi mijoz topshirig‘iga ko‘ra bu mablag‘larni obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qiladigan hisob raqam Individual investitsion hisob (SHIH) deb ataladi. SHIH orqali nafaqat qimmatli qog‘ozlar qiymatining o‘sishidan va obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlaridan daromad olish, balki soliq imtiyozlaridan – ya'ni 12% miqdoridagi daromad solig‘idan ozod bo‘lish huquqini ham qo‘lga kiritish mumkin. Ushbu huquq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son qarori va Soliq kodeksining 378-moddasi 23-bandida belgilangan. Investor faqat bitta SHIH yuritish shartnomaga ega bo‘lishi mumkin. Yangi shartnoma tuzilsa, avvalgi shartnoma bir oy ichida bekor qilinishi kerak.

SHIH bo‘yicha qanday cheklovlar mavjud?
arrow
Kupon va dividendlarni bank hisob raqamiga o‘tkazish mumkinmi?
arrow
SHIH orqali qanday moliyaviy vositalar va qimmatli qog‘ozlar sotib olinishi mumkin?
arrow
SHIHni qanday ochish mumkin?
arrow
SHIHni ixtiyoriy tarzda yopish mumkinmi?
arrow

Xatarlar to‘g‘risida ogohlantirish

Investitsion faoliyat xavflar bilan bog‘liq. Ushbu saytdagi ma’lumotlar shaxsiy investitsiya tavsiyasi emas. Unda keltirilgan moliyaviy vositalar yoki operatsiyalar sizning investitsiya profilingizga, moliyaviy holatingizga, investitsiya tajribangizga yoki maqsadlaringizga mos kelmasligi mumkin. Moliyaviy vosita yoki operatsiyaning sizning maqsadlaringiz, investitsiya davri va xatarbardoshligingizga mosligini aniqlash — bu investorning mas’uliyatidir. “HBCapital” MChJ ushbu saytga kiritilgan moliyaviy vositalarga sarmoya kiritish yoki operatsiyalar amalga oshirish natijasida yuzaga keladigan mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar uchun javobgar emas va qaror qabul qilishda faqat ushbu ma’lumotlardan yagona manba sifatida foydalanishni tavsiya qilmaydi.