Kompaniya haqida

Kompaniyamizning rivojlanish bosqichlari

2007

2007 yilda Andijon shahar hokimligi huzuridagi Tadbirkorlarni ro’yxatga olish inspektsiyasi tomonidan 13044 seriya raqami bilan «Hamkor-Depo-Invest» sho’ba korxonasi nomi bilan ro’yxatdan o’tgan. Qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyat vakolatli davlat organi tomonidan berilgan 2007 yil 31 oktyabrdagi 05-004 / 709-sonli litsenziya asosida boshlangan.

2013

«Hamkorbank» OATB ta’sischisining 10.04.2013 yildagi 204-sonli bayonnomasi asosida tashkilot shaklini o’zgartirish to’g’risida qaror qabul qilindi va 16.04.2013 yilda «Hamkor-Depo-Invest» sho’ba korxonasi «Hamkor-Depo-Invest» mas’uliyati cheklangan jamiyati sifatida qayta tashkil etildi.

2020

2020 yil mart oyida «Hamkorbank» ATB ta’sischisining qarori bilan tashkilot nomini «HBCapital» mas’uliyati cheklangan jamiyati deb o’zgartirishga qaror qilindi va 2020 yil aprel oyidan boshlab tashkilot yangi nom va yangi imidj bilan ish olib bormoqda.