Bizning jamoamiz

Inson qobiliyatlari chegarasi yo'q, agar ular birlashgan va o'z maqsadlariga muvofiq, olijanob bo'lsa.

SHAROBIDINOV MUXAMMADBOBIR

Kompaniya direktori

2018 yilda «HBCapital» MChJ direktori etib tayinlandi. O’z ish faoliyatini 2012 yilda Hamkorbankda boshlagan va fond bozorida operatsiyalar bilan shug’ullangan. Qimmatli qog’ozlar bozorida katta bilimlarga ega va 1 toifali mutaxassis. Moliya mutaxassisligi bo’yicha Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini a’lo bahosi va qizil diplom bilan tugatgan.

KASIMOV FARRUH

Xalqaro kapital bozorlari bo'yicha maslahatch

2002 yildan beri moliya sohasi tajribasiga ega. Ish mobaynida moliyaviy menejerdan bo’shlab «Hamkorbank» ATB investitsiya banki bo’limining boshlig’i bo’lib ishlab kelmoqda. Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini iqtisod fakultetini tamomlagan va O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining magistr darajasiga ega.

zz-teammember.jpg

TURDIAXUNOV SANJARBEK

Investitsiyalar bo'yicha maslahatchi

Fond bozoridagi faoliyatini 2009 yilda boshlagan. Investitsiya banklarini boshqarish bo’yicha tajribaga ega va O’zbekiston fond bozori bo’yicha yuqori darajali mutaxassis. 2008 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo’yicha tamonlagan.

av4.jpg

MIRZAXANOV SHAVKAT

Ichki nazoratchi

1995 yildan buyon fond bozorida ishlaydi. 1996 yildan-1998 yilgacha RFB Toshkent birjasining Andijon filiali «Sharq LTD» da direktor bo’lib ish faoliyatini bo’shlagan. 1998 yildan 2006 yilgacha «Hamkorbank» ATB Qimmatli qog’ozlar va depozitariya departamenti rahbari lavozimida ishlagan. 2007 yildan 2018 yilgacha «Hamkor-Depo-Invest» MChJ direktori bo’lgan. Ayni paytda ichki nazoratchi bo’lib ishlaydi va o’z tajribasi bilan yosh kasbdoshlariga o’rnak bo’ladi. Iqtisodiy diplomining nostrafikatsiyasi Qirg’iziston Xalqaro Universiteti Iqtisodiyot fakulteti.

Мустафин Ришат

MUSTAFIN RISHAT

Брокер

Kompaniyada 2018 yildan beri ishlaydi va 2-toifali mutaxassis, broker, birjada savdo topshiriqnomalarni amalga oshiradi. 2018 yilda u Qimmatli qog’ozlar bozori mutaxassislarini tayyorlash milliy markazida o’quv kursini tamomlagan. Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini kompyuter muhandisi mutaxassisligi bo’yicha tugatgan.