«HBCapital»MChJ

Yuqori daromadli investitsiya qarorlarini qabul qilishga yordam berish bizning vazifamizdir!

Bizning mijozimiz onlayn orqali bo’ling. Maqsadingizga erishishga bir qadam.

«HBCapital» MChJ

Qimmatli qo’g’ozlar bozorida sizning YO’LBOSHINGIZ.

Biz bilan qulay va ishonchli.

«Toshkent» Respublika Fond birjasida o’tgan oy bo’yicha savdolar ma’lumoti:

  • Bitimlar soni – 8 652
  • Qimmatli qog’ozlar soni – 71,97 mln dona
  • Bitimlar hajmi – 612,41 mlrd so’m
  • Yuqori haridorgir qimmatli qog’ozlar – «Qizilqumsement» AJ, «Kvarts» AJ, «Hamkorbank» ATB

Savollar

Qonunchilikka muvofiq investorlar qimmatli qog’ozlar bozorida Investitsiya vositachisi (broker) bilan shartnoma tuzish va DEPO hisobvarag’ini ochish orqali qatnashishlari mumkin. Investitsiya vositachisi – bu fond birjasida jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ifoda etadigan va ularning nomidan va ularning hisobidan operatsiyalarni amalga oshiradigan qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchisi.

Kompaniyamiz investitsiyalarning minimal chegarasini belgilamaydi. Qimmatli qog’ozlar birjasi aktsiyalarni 1 so’mdan va undan yuqori narxdan sotib olsa bo’ladi. Biz investitsiyalarni 100000 so’mdan boshlashni maslahat beramiz.

Dividendlar – bu yil yakuni bo’yicha jamiyatning aksiyadorlari oladigon foyda miqdori. Moliya yili yakunlari bo’yicha aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishini o’tkazishdan oldin emitent aktsiyadorlarning reestrini (ro’yxatini) yopadi, ya’ni barcha aktsiyalar egalarini shaklantiradi. Dividendlar olingan ro’yxat bo’yicha to’lanadi. DEPO hisob raqamni ochishda bank rekvizitlarini va plastik kartangizning raqamini taqdim etishingizni tavsiya qilamiz. Agar DEPO hisob raqamingizni ochilayotganda bank rekvizitlari ko’rsatilmagan bo’lsa, u holda siz emitentga ariza bilan murojaat qilishingiz kerak bo’ladi. Dividendlar miqdori aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan belgilanadi.

Yangi investorlar uchun biz muntazam ravishda seminar-treninglar o’tkazamiz, uning doirasida qimmatli qog’ozlar bozorining tuzilishi va funktsiyalari, savdo-sotiqning asosiy tamoyillari: buyurtma berish, bitimlar tuzish va boshqalar ko’rib chiqiladi.Seminar haqida ko’proq ma’lumot olish uchun bizga qo’ng’iroq qiling.

Birjada savdoni boshlash uchun siz Investitsiya vositachisi (broker) bilan shartnoma tuzishingiz kerak. Biz sizga fond birjasida muvaffaqiyat qozonishingiz uchun barcha imkoniyatlarni yaratib beramiz. Biz 10 yildan ortiq vaqt davomida qimmatli qog’ozlar bozorida ishlaymiz va mijozlarimizning aksariyati fond birjasida yaxshi natijalarga erishdilar. Biz har bir mijozimizni qadrlaymiz. Shuningdek, bizning kompaniyamiz yuqori ishonchliligiga ega, qulay va sifatli xizmat ko’rsatish darajasi bilan ajralib turadi. Bizning mijozimiz bo’lish uchun siz so’rov qoldirishingiz mumkin va bizning mutaxassislarimiz siz bilan bog’lanishadi yoki siz bizning ofisimizga murojaat qilishingiz mumkin. Sizni mijoz sifatida ko’rishdan xursand bo’lamiz.